Ushbu musobaqada Xorazm jamoasi raqib jamoa ustidan g‘alaba qozondi va 0-3 hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yarim finalda ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar. Shuningdek, 23 noyabr kuni Xorazm jamoasi qizlari 3:1 hisobda Toshkent viloyati jamoasi ustidan g‘olib bo‘lib, finalda ishtirok etdilar. Ya’ni, 24 noyabr kuni Namangan voleybol jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan final o‘yinida 0-3 hisobda Xorazm jamoasi qizlari g‘alaba qozondilar. Xorazm voleybol jamoasi O‘zbekiston chempionati musobaqasida mutloq chempionlikni qo‘lga kiritishdi.