Sayohat 2020-11-30 478
Koreyaga borganda nimalarni qilmaslik kerak?

1. Mamlakatni Shimoliy Koreya deb aytmang
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi deb atash maqsadga muvofiq.

2. Mamlakat, uning xalqi yoki rahbarlari haqida salbiy fikr bildirmang
Shimoliy Koreyada hukumatini mensimaslik bu - katta huquqbuzarlik deb hisoblanadi va hattoki sayyohlarga jazo ham tayinlanishi mumkin. Diqqatga sazovor joylarda o‘rnatilgan hozirgi yoki avvalgi rahbarlarning haykali oldiga borib, ta’zim qilib gul qo‘yish koreyaliklar uchun odatiy hol.

3. Telefoningizni bu davlatga olib kirmaganingiz ma’qul
Garchi mamlakatda mobil telefonlarni taqiqlash bo‘yicha avvalgi qoidalar bekor qilingan bo‘lsada, ko‘pincha mobil qurilmalar bojxonada musodara qilinadi.


4. O‘zingizning diniy e’tiqodlaringizni muhokama qilmang
Shimoliy Koreya jamoat dinini cheklovchi ateist davlatdir. Ruxsatsiz diniy faoliyatda qatnashish, masalan jamoat oldida ibodat qilish taqiqlanadi. Agarda shunday qilsangiz sizni hibsga olishadi va hatto mamlakatdan chiqarib yuborishlari ham mumkin.

5. Suratga olishda ehtiyot bo‘ling
Davlatda ba’zi bir narsalar sir tutiladi, shuning uchun shubhali ko‘rinadigan fotosuratlar, masalan, yo‘lakka tushayotgan odamlarning fotosuratlari ham muammoga sabab bo‘lishi mumkin. Sayohatchilarga qashshoqlik va qurilish maydonchalari manzaralarini suratga olishdan saqlanish tavsiya etiladi.

6. Qoidalarga bo‘ysuning
Sayohat qoidalarini buzish hayotingizni xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Chunki qoidalarga bo‘ysunmasangiz josuslikda ayblanishingiz va qamoqqa olinib sizga jazo tayinlanishi ham mumkin.

Biz bilan reklama qiling

Batafsil