Xorazm 2020-12-01 539
Huquqiy yordam - asosiy maqsadimiz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari Urganch shahrida joylashgan 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuvda boshqarmaning katta inspektori D.Quryazova tashkilotning  kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, oshxona, tibbiyot xonasi va guruhlarning ozodaligi, sanitariya va gigiyena qoidalarining rioya qilinishi, hamda obodonlashtirish holatini o‘rgandi. Karantin qoidalari talablari asosida o‘tkazilgan tadbirda pedagog va tarbiyachilarning mahorat mashg‘ulotlari, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlarga ham alohida e’tibor qaratildi.Bugun mudira G.Matyaqubova rahbarlik qilayotgan 140 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu  maktabgacha ta’lim tashkilotida 6 ta guruh faoliyat olib boradi. Katta guruh tarbiyalanuvchilari uchun ingliz, rus tillari to‘garaklari tashkil etilgan. Tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarning sog‘lig‘iga asosiy e’tibor qaratish, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sanitariya qoidalariga rioya etishga o‘rgatish ishlari tizimli olib borilmoqda.

Biz bilan reklama qiling

Batafsil