Toshkent vaqti bilan 30 noyabr kuni soat 18:58 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Yer silkinishi magnitudasi epimarkazda 3,9 ballni tashkil qilgan va 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 479 kilometrni tashkil qilgan.
Zilzila O‘zbekistonning faqat Buxoro viloyatida sezilgan va uning kuchi 3 ballni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr, 10 noyabr, 12 noyabr, 19 noyabr va 26 noyabr kunlari qo‘shni davlatlarda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezilgan edi.