Biznes 2020-12-01 489
Bitkoin narxi 2017 yilda o‘rnatilgan rekordni yangiladi

Bitkoinning narxi 2017 yilda qayd etilgan eng yuqori tarixiy natijadan oshdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan savdolar chog‘ida bitkoin narxi 19808 dollarga yetgan. Bundan avvalgi rekord ko‘rsatkich 2017 yilning 18 dekabrida qayd etilgan va 19783,21 dollarni tashkil qilgan.

So‘nggi bir yil davomida bitkoin narxi 170 foizga o‘sgan. Reuters tomonidan ta’kidlanishicha, narxning bunday ko‘tarilishi xatarli aktivlarga nisbatan umumiy qiziqishning oshishi, shuningdek, investorlarning kriptovalyutalar yaqin vaqt ichida umum qabul qilingan valyutaga aylanishiga umidi fonida yuz bergan.

Bitkoin 2017 yilda kriptovalyutalarga qiziqishning oshishi fonida bir yilda 20 baravar qimmatladi, shundan keyin uning kursi tezlik bilan pasayishni boshlagan. 2018 yilning iyun oyida bitkoin narxi 6 ming dollardan qimmatroq bo‘lgan, 2019 yilning boshida esa uning narxi 3,5 ming dollargacha pasaygan. Shundan so‘ng bitkoin narxi yana oshishni boshlagan.

Biz bilan reklama qiling

Batafsil